MilliygramMaxfiylik
Milliygram logotipi

Oʻzbekcha, xavfsiz va qulay messenjer

Milliygram — oʻzbek tilida ishlaydigan xavfsiz messenjer: hududingiz yangiliklari, firibgarlikdan himoya, maxfiylik va kundalik qulayliklar bir ilovada.

Android ilovasi tez orada

Himoya

Firibgarlik belgilari

Rasmiy va tasdiqlangan kanallar belgi bilan koʻrinadi, firibgar deb topilganlar haqida ogohlantiriladi.

ZIRH tekshiruvi

APK fayl ochishdan oldin ZIRH orqali tekshiriladi. Bu zararli ilovalardan saqlaydi.

Xavfsizlik holati

Ikki bosqichli parol va boshqa sozlamalar bir sahifada: nimani tuzatish kerakligi koʻrinadi.

Maxfiylik

Ghost rejimi

Onlayn holat, yozayotganingiz va oʻqiganingiz boshqalarga koʻrinmaydi.

Chat qulfi

Chatga umumiy yoki alohida parol qoʻyiladi, barmoq izi bilan ham ochiladi.

Maxfiy seyf

Tanlangan chatlar roʻyxatdan yashirinadi va alohida PIN bilan ochiladi.

Hikoyalar

Hikoyalarni yashirin koʻrish, roʻyxatdan yashirish va yuklab olish mumkin.

Qulaylik

Hududingiz

Tumaningizni tanlang: ob-havo, valyuta kursi va rozilik bilan hudud kanallari.

Lotin va kirill

Ilova ikkala yozuvda oʻzbek tilida ishlaydi.

Tayyor jildlar

Shaxsiy, Guruhlar, Kanallar va Botlar birinchi kirishda oʻzi tuziladi, keyin xohlagancha oʻzgartirasiz.

Xabarlar uchun

Oʻchirilgan va tahrirlangan xabarlarni saqlash, eslatma, avto-javob va tarjima.

Adminlar uchun

Admin jildlari, avto-imzo va qoʻshilish soʻrovlarini ommaviy qabul qilish.

Botlar katalogi

Foydali botlar ilova ichida bir joyda jamlangan.

Muhim: Milliygram ochiq kodli Telegram asosida qurilgan mustaqil ilova. U Telegram kompaniyasiga tegishli emas va u bilan rasmiy aloqasi yoʻq. Xodimlarimiz hech qachon kod, parol yoki karta maʼlumotini soʻramaydi.