MilliygramMaxfiylik

Maxfiylik siyosati

Bu sahifa Milliygram ilovasi qanday maʼlumotlar bilan ishlashini tushuntiradi. Yozishmalaringiz Telegram tarmogʻi orqali oʻtadi va Telegram qoidalariga boʻysunadi: Milliygram serveri ularni olmaydi va saqlamaydi.

Milliygram serveriga nima yuboriladi

Faqat telefoningizda qoladi

Chat qulfi va seyf parollari (xesh koʻrinishida), saqlangan oʻchirilgan xabarlar va tahrir tarixi, eslatmalar hamda ilova sozlamalari serverga yuborilmaydi.

Hudud kanallari

Akkaunt qoʻshganda rozilik berishingiz yoki rad etishingiz mumkin. Sozlamalardan hududni oʻzgartirganda shu hudud kanallariga avtomatik qoʻshilasiz, oldin rad etgan boʻlsangiz qayta soʻraladi. Kanaldan istalgan vaqtda chiqishingiz mumkin, Milliygram sizni qayta qoʻshmaydi.

Xizmat chati

Ilova rasmiy xizmat botini ishga tushiradi. U orqali firibgarlik haqida ogohlantirishlar va muhim eʼlonlar keladi. Botni istalgan vaqtda bloklashingiz mumkin.

Maʼlumot berilishi

Maʼlumotlaringiz reklama uchun sotilmaydi. Tasdiqlangan shikoyatlar firibgarlikka qarshi ZIRH tizimi bilan ulashiladi.

Bogʻlanish

Telegram: @zirh_support · milliygram@cyberhimoya.uz